Qiziqarli faktlar

Дата публикации 24.01.2018

1.Janubiy Koreyada familiyasi bir xil bo'lgan yoshlar turmush qurishi taqiqlangan.

2.Inson tanasidagi yog'lardan rosa 7 bo'lak sovun tayyorlasa bo'ladi.

3.Jahonning birorta tilida tizzaning orqa tarafini bildiruvchi yaxlit so'z yo'q.

4.Insonning son suyagi betondan qattiq. U tik holatda bemalol engil avtomobilni ko'tara oladi.

5.1386 yilda Frantsiyada yosh go'dakni o'ldirgan cho'chqa osish orqali o'limga hukm qilingan.

6.Rim nomli shahar har bir qit'ada bor.

7.Islandiyada uyda it boqish qonunbuzarlik hisoblanadi.

8.O'naqaylar chapaqaylarga nisbatan o'rta hisobda 9 yil ortiq umr ko'rishadi.

9.Insonga qon qo'yish bo'yicha ilk operatsiya 1667-yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qo'yning ikki pinta qonini quygan.

10. Eshakning ko'zi shunday joylashganki, u bir vaqtning o'zida to'rtala oyog'ini ham ko'ra oladi!

11. Ingliz, frantsuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining olti rasmiy tili hisoblanadi.

12. Yer — Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ichida biror ma'bud nomi bilan nomlanmagan yagona sayyora hisoblanadi.

13. Ba'zi bir chuvalchanglar ovqat topolmaganidan o'zini yeydi! 

Поделиться